Umidsizlik haqida masal

...Iblis maqtanib, omma oldida o‘z hunarlarining barcha asboblarini namoyish etishga qaror qildi. U chiroyli tarzda yorliqlar yopishtirib, hamma bularning nimaligi va har birining bahosi qancha ekanligini bilib olishlari uchun o‘z mollarini shisha peshtaxtaga solib qo‘ydi.

To‘plamda Hasadning yaltiroq xanjari, G‘azab bolg‘asi va Ochko‘zlik tuzog‘i bor edi. Qo‘rquv, Mag‘rurlik va Nafratning barcha vositalari ham mehr bilan javonlarga qo‘yilgan edi. Barcha asboblar chiroyli yostiqlarda yoyilib, tashrif buyurgan har bir kishining hayratini uyg‘otardi.

Tokchaning uzoqroq chekkasida Umidsizlik yorlig‘i bilan kichkina, ko‘rimsiz va ancha eskirgan yog‘och asbob yotardi. Ajablanarlisi, uning bahosi boshqa barcha asboblarni birlashtirgandan ko‘ra qimmatroq bo‘lardi.

Iblisga “Nega bu narsani juda qadrlaysan”, degan savolga u yog‘och xanjarni mehr bilan silab qo‘ydi va:

- Mabodo barcha rejalarim barbod bo‘lib qolgudek bo‘lsa, bu mening xazinamdagi ishonishim mumkin bo‘lgan yagona vosita. Umidsizlikni odamning miyasiga jo qila olganim bilanoq, u boshqa barcha vositalar uchun eshikni ochib qo‘yadi, dedi.