Umra safariga ketgan fuqarolar nomidan 61 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar ayol qo‘lga tushdi
- 17.07.2019 14:17
- 130
- Jinoyat va jazo
Joriy yil 16 iyul kuni Toshkent shahar IIBBga tushgan hujjat to‘plamlariga ko‘ra, shu yil 27 may kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 34 yoshli I.N. ismli ayol o‘zi rahbarlik qilayotgan “Star Tour” MChJ binosida Buxoro tumanida yashovchi 32 yoshli A.N.ga Umra safariga ketgan 24 nafar fuqarolarni Saudiya Arabistonida joylashgan mehmonxonaga joylashtirish uchun pul kerakligini, pulni tez kunda qaytarishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 61 000 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.N. ismli ayol qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
firibgarlik