Urgutda ota farzand uchun birato‘la 235 million so‘m aliment to‘ladi. Bu mablag‘ bolaning voyaga yetgunicha muddat uchun hisoblangan
- 21.04.2022 17:26
- 173
- Jamiyat

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor J.Sh.dan undiruvchi U.B.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan byuroning Urgut tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi davlat ijrochisi Iqbol Subhonqulovning zarnews.uz’ga ma’lum qilishicha, ushbu ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Hujjat ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan tushuntirishlar o‘z samarasini bergan. Qarzdor ota farzandi ta’minoti uchun u voyaga yetgunicha hisoblab 235 million so‘m alimentni to‘lab bergan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- 2 soat avval
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- 2 soat avval
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- 2 soat avval
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Bugun, 11:50
- Jamiyat