Urgutdagi maktabga 16 ta kompyuter jamlanmasi va kitoblar topshirildi
Urgut tumanidagi 107-umumta’lim maktabining 300 o‘rinli binosi 2017 yilda qurilgan. O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun zamonaviy binoda ko‘plab qulay sharoitlar yaratildi. Biroq maktabda o‘quvchilarning informatika fanidan bilimlarini mustahkamlash uchun kompterlar yetishmasdi.
Kecha, Toyloq tumanida Urgut, Jomboy, Bulung‘ur tumanlari aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabul doirasida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ibrohim Jo‘rayev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov hamda Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Saidahmad Usmonov bilan birgalikda ushbu maktabga sovg‘alar bilan bordi.
Maktabga 16 ta kompyuter hamda 150 dona kitoblar jamlanmasi topshirildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining amaliy yordami bilan 2 kilometr masofadan optik tolali kabel tortilib, maktab internet tarmog‘iga ulandi.
SamVXTB axborot xizmati.