Uyda bir nafar COVID-19 ga chalingan bemor bo‘lsa, qolgan uy a’zolari qanday antibiotik dori ichishlari kerak?

Ushbu savolga AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov  javob berdi:

➖ Agar oila a’zolaridan birida koronavirusning yengil formasi aniqlangan bo‘lsa, birinchi navbatda bemorni alohidalash zarur. Boshqa oila a’zolari tibbiy niqobda bo‘lishlari kerak va profilaktika maqsadida immunitet oshiruvchi preparatlar va virusga qarshi preparatlarni qabul qilishlari hamda nazoratda bo‘lishlari lozim.

Antibiotiklarga kelsak, ular virusli kasalliklar profilaktikasida ham, davolashda ham qo‘llanilmaydi. Chunki ular viruslarga qarshi ta’sir qilmaydi, faqat bakterial infeksiyalarda qo‘llaniladi.