Vazirlik restoran va kafelarga nisbatan tabiiy gazdan foydalanish bo‘yicha cheklovlar nima uchun qo‘llanilayotgani yuzasidan izoh berdi

Gaz ta’minoti quvvatlarini oshirish maqsadida gaz ta’minoti korxonalari tomonidan mavjud gaz ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha faol ish olib borilayotganini, bu esa hozirgi vaqtda iste’molni oshirish paytida tabiiy gazni teng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligini ma’lum qilamiz, deyiladi vazirligi axborot xizmati xabarida.

Shu munosabat bilan tabiiy gaz taqsimotini muvozanatlashtirish bo‘yicha maxsus vaqtinchalik choralar ko‘rilmoqda. Bu esa uylar, xonadonlar, maktablar, bolalar bog‘chalari va shifoxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash imkonini beradi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning amaldagi shartnomalarida kuz-qish davrida gaz yetkazib berishga cheklovlar kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shuning uchun ham ular muqobil yonilg‘i manbalariga ega bo‘lishlari kerak.

Qisqa muddatlarda kuz-qish mavsumida muqobil yoqilg‘i turlaridan foydalanishni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan 2020 yilning 1 noyabridan joriy etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafe) uchun tabiiy gazdan foydalanishga doir cheklovlar tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha shartnomalarda ko‘zda tutilgan zarur chora hisoblanadi.

Oldinda yilning sovuq mavsumi turibdi, shuning uchun tabiiy gaz ta’minoti uzilishlarsiz va kerakli hajmda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari, shifoxonalar va ta’lim muassasalariga yetkazib berilishi kerak, deyiladi xabarda.