Viloyat hokimining Payariqdagi sayyor qabuliga 220 nafarga yaqin fuqaro murojaat qildi
Bugun, 27 sentyabr kuni Payariq tumanining Dehqonobod hududidagi Istiqlol mahallasida Samarqand viloyati hokimining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Sayyor qabulda payariqliklardan tashqari, Past Darg‘om, Ishtixon tumanlari hamda Samarqand shahri fuqarolaridan ham mavjud muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Tadbirda Erkinjon Turdimov 220 nafarga yaqin fuqarolarning sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minoti hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir masalalari, taklif va mulohazalarini tingladi.
Ushbu murojaatlarning aksariyati tegishliligi bo‘yicha soha mutasaddilari ishtirokida muhokama qilinib, shu yerning o‘zida hal etildi. Vaqt talab qiladigan murojaatlarning ijrosi hokimlik nazoratiga olindi.
Shuningdek, qabul doirasida aholining muayyan qismi ehtiyojlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi mas’ullari tomonidan 30 nafarga yaqin fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.