Viloyat sudlari raislari Payariq va Oqdaryoda tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi

Samarqand viloyati sudlari raislari tomonidan Payariq va Oqdaryo tumanlaridagi tadbirkorlik sub’yektlari vakillari hamda fuqarolar bilan uchrashuv va sayyor qabullar tashkil qilindi.

Payariq tumani Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan sayyor qabulda 19 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. 17 nafar fuqaroga huquqiy tushunchalar berilib, 2 nafar fuqaroning muammolari o‘rganiladigan bo‘ldi.

Oqdaryo tumani Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan sayyor qabulda esa 20 nafar fuqaroning murojaati eshitildi. 10 nafar fuqaroning muammosiga joyida ijobiy yechim topilib, 10 nafar murojaatchiga tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, qabullar jarayonida o‘tkazilgan sayyor sudlarda 9 nafar shaxs tayinlangan jazodan (JKning 73-moddasiga asosan) shartli ozod qilindi hamda 5 nafar shaxsga nisbatan ochilgan ma’muriy ishlar MJtKning 271-moddasi 11-bandiga asosan tugatildi.