Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi 11 iyun kuni o‘tkaziladi
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi 2021 yil 11 iyun kuni soat 9:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
- “Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i F.Rajabovning viloyatda 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya ob’yektlarini ta’mirlash va tiklash Dasturi yuzasidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti;
- Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi
Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Qurbonovning 2021 yilning
5 oyi davomida davlat xizmatlari ko‘rsatilishi holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti;
- Xalqaro moliya institutlari ishtirokida Kattaqo‘rg‘on shahri ichimlik va oqova suv tizimlarini modernizatsiya qilish hamda Samarqand viloyatining 6 ta tuman markazlari va shaharchalarida oqova suv tizimlarini qurish loyihalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.