Xalq ta’limi vaziri ishtixonlik o‘quvchilarga nima dedi?
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov yosh avlodning kompyuter, musiqa, adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, kitobxonlik hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Ishtixon tumanidagi 2 va 94-umumta’lim maktablari faoliyati bilan tanishdi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning joylardagi ijrosi, maktablardagi kutubxona fondining yetarli kitoblar bilan ta’minlanganligi, kompyuter sinfxonalarining jihozlanishi va foydalanish uchun imkoniyatlarning yaratilganligi, o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, hattoki sinf xonalari yoritish qismlarining ishchi holatdaligi ko‘zdan kechirildi.
Xalq ta’limi vaziri o‘rganish davomida ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlari, ya’ni PISA xalqaro baholash dasturida ishtirok etish va yuqori o‘rinlarni egallash yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berdi.
Shuningdek, 94-umumta’lim maktabining ta’lim muassasalari reytingida yuqori ball to‘plagan o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi.
Suhbat davomida vazir o‘quvchilarning kelajakda qaysi kasbni egallashi, tanlagan oliy o‘quv yurti, kelgusi rejalari bilan qiziqib, maqsadga erishish uchun yaxshi bilim olib, astoydil harakat qilish lozimligini ta’kidladi.
Samarqand viloyati xalq
ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.