Xatlov davomida kamchiliklar aniqlandi
- 17.11.2018 12:01
- 327
- Samarqand
Viloyat prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida bugungi kunga qadar 80 ga yaqin ob’yektlar qurilishida “ToshboshplanLITI” DUK, madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi bilan kelishilmagan holatlar aniqlandi. Shuningdek, shahar hokimining qarorisiz, arxitektura va qurilish nazorat inspeksiyasi ro‘yxatidan o‘tkazilmay qurilayotgan ob’yektlar ham borligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu jarayonda qurilish ishlari olib borilayotgan 24 ta ob’yektda 95 nafar shaxsga, shuningdek, arxitektura va qurilish nazorat inspeksiyasi tomonidan hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilmagan 7 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. 4 tasi ko‘rib chiqish uchun Samarqand shahar ma’muriy sudiga yuborilgan.
Bahriddin XONKELDIYeV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 49 daqiqa avval
- Dolzarb