Xitoy ortidan Hindiston ham AQShga "savdo urushi" e’lon qildi, keyingi navbat kimga?

Hindiston AQShdan import qilinadigan 28 turdagi mahsulotlarga qo‘shimcha boj joriy qildi.

Hindiston moliya vazirligi e’lon qilgan hujjat "Gazette of India"da chop etilgan.

AQSh mahsulotlaridan qo‘shimcha boj undirish 16 iyundan boshlanadi. Qo‘shimcha boj undiriladigan mahsulotlar orasida bodom, olma va yong‘oqlar bor.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston va Turkiyaga berilgan savdo imtiyozlarni bekor qilish haqida qaror qilgani haqida yozgan edi.

Hindiston Trampning o‘sha qarorini uzoq vaqt javobsiz qoldirmadi va 16 iyundan AQShdan import qilinayotgan qariyb 30 turdagi mahsulotlarga qo‘shimcha boj joriy etdi.