Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Isroil vakolatxonalarini yopmoqda. Ukraina Ural va Arktikaga zarba berish niyatida
🔹 Eronning Damashq konsulligiga hujumiga javoban Isroil Tashqi ishlar vazirligi 28 davlatdagi diplomatik vakolatxonalarini yopishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, 1 aprel kuni Isroil harbiy-havo kuchlari Suriyaning Damashq shahridagi Eron konsulligiga havodan zarba berdi. Eron inqilob gvardiyasining yuqori martabali qo‘mondoni, Livan va Suriyadagi Quds kuchlariga qo‘mondonlik qilgan general Muhammad Rizo Zohidiy va uch eronlik halok bo‘ldi.
🔹 Eron Qo‘shma Shtatlarni Isroil nishonlarini bombardimon qilish qarori haqida Shveysariyaning Tehrondagi elchixonasi orqali xabardor qildi. “Isroil rasmiylarining aytishicha, ular Eron o‘z hududidan uzoq masofali ballistik raketalar yoki uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida Isroilga hujum qilishi mumkinligini ko‘rsatadigan razvedka ma’lumotlariga ega”.
🔹 NATO yetakchilari iyul oyida harbiy alyansning 75 yilligiga to‘g‘ri keladigan sammitda Ukrainani alyansga qo‘shilishga taklif qilishdan bosh tortishi kutilmoqda.
🔹 Turkiya 9 davlati, jumladan, AQShdagi elchilari va mamlakatning BMTdagi doimiy vakilini almashtirdi. Shuningdek, Bolgariya, Gvineya, Chili, Vetnam, Gvatemala, Shri-Lanka, Kosta-Rika va Ekvadordagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ham o‘zgardi.
🔹 Yaqinda Ukraina qurolli kuchlari Tataristondagi nishonlarga ilk bor dronlar bilan hujum qilgan edi. Ular front chizig‘idan 1300 kilometr uzoqlikda bo‘ldi. Ukrainaning yangi quroli, masalan, 80 ga yaqin harbiy baza joylashgan Murmansk viloyatidagi nishonlarga bemalol hujum qila oladi.
🔹 Eron Armanistonga faol ravishda qurol-yarog‘ tashimoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, besh kundan buyon Armanistonga qurol-aslaha Eron havo yo‘llariga tegishli transport samolyotida olib ketilmoqda.
🔹 Ertalab Isroil politsiyasi dronlar yordamida "Al-Aqso" masjidida dindorlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bombasini ishlatgan. Natijada o‘nlab odamlar zaharlangan.
🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat tarixidagi eng korrupsioner va qobiliyatsiz davlat rahbari hisoblanadi. Bu haqda Amerikaning sobiq yetakchisi Donald Tramp aytdi. “Bu ahmoq prezident tufayli butun dunyo portlamoqda", dedi u.
🔹 Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Rossiyaga neft ishlab chiqarish uchun uskunalar, olmos va yaxtalar, jami 164 ta eksport punktlarini eksport qilishni taqiqladi.
🔹 Fevral oyida Tyumen viloyatidagi koloniyalardan birida vafot etgan siyosatchi Aleksey Navalniy o‘limidan so‘ng Drezden tinchlik mukofoti bilan taqdirlandi. Uning bevasi Yuliya Navalnaya uni 12 may kuni Drezden davlat teatrida rasmiy taqdirlash marosimida oladi. Mukofot tinchlik va xalqaro anglashuv ishiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarga har yili beriladi.
G.Xoldorova tayyorladi.