Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Tramp Ukraina va Rossiyani muzokaralar stoliga keltirmoqchi
🔹 Rossiya yaqin kunlarda Kursk viloyatidagi Ukraina pozitsiyalariga qarshi hujum boshlash uchun o‘n minglab odamlardan iborat kuch, jumladan yaqinda kelgan Shimoliy Koreya askarlarini to‘pladi.
🔹 Isroil rahbariyati Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha qarorini sabrsizlik bilan kutmoqda. U Jo Baydenga qaraganda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning ishonchli ittifoqchisi sanaladi. Tramp Bayden qila olmagan ishni bajarishga harakat qilishi - Netanyahudan G‘azo va Livandagi urushlarni tugatishga majburlashi kerak, shunda u Saudiya Arabistoni bilan muzokaralar stoliga o‘tirishi mumkin.
🔹Kubada elektr energiyasi o‘chirilishi sababli namoyishga chiqqanlarga qarshi jinoiy ish ochildi.
🔹 Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatni zudlik bilan hal qilish niyatini ma’lum qilgan Donald Tramp prezidentligining birinchi haftasidayoq tomonlar o‘rtasida muzokaralar tashkil etishni rejalashtirdi. Trampning aytishicha, muvaffaqiyatli muzokaralar qurolsiz hududni yaratish va Ukrainaning neytral maqomini mustahkamlashga olib keladi.
🔹 Tayvan Vashingtonga mudofaasini kuchaytirishga tayyorligini namoyish etish uchun AQShdan katta miqdorda qurol sotib olmoqchi.
🔹 Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi vositachilik tugatilganini e’lon qildi va Isroildan amirlikdagi Falastin guruhi yetakchilariga hujum qilmaslik majburiyatini olishni talab qildi.
🔹 SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida o‘rin egallashni ko‘zlamagan, chunki uning respublikachilar yetakchisiga ta’siri allaqachon sezilarli oshgan. Ilon Mask va Taker Karlson Trampning yangi ma’muriyatida ehtimoliy nomzodlar qatorida.
🔹 Rossiyada mehnat migrantlari uchun uy-joy ijarasini cheklash, faqat rasmiy shartnoma asosida va bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ijaraga berish ruxsat etilishi mumkin.
🔹 BMTning Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) xabar berishicha, mojaro avj olgandan beri Livanda 200 dan ortiq bola halok bo‘lgan. 2023 yil oktyabr oyidan buyon mamlakat bo‘ylab bombardimon va artilleriya zarbalari natijasida 3,1 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 14 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
🔹 Kanadada parranda grippi bilan kasallangan birinchi holat qayd etildi. Parranda grippi ko‘pincha yovvoyi va uy parrandalari, qushlarga ta’sir qiladi. Ammo yaqinda kasallik sutemizuvchilarda ham aniqlandi: 2024 yilda Qo‘shma Shtatlarda qoramollar orasida kasallik avj oldi.
🔹 Yaponiya hukumati navbatdagi bosh vazir saylovi oldidan iste’foga chiqdi.
🔹 AQShning saylangan prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp "Instagram"da Kiyev rasmiylariga moliyaviy yordam tez orada to‘xtatilishi haqida so‘z yurituvchi videoni e’lon qildi.
🔹 Urush boshidan beri uchuvchisiz apparatlar yordamida Moskvaga eng ommaviy hujum amalga oshirildi. 10 noyabr kuni Rossiya 32 ta Ukraina dronlari Moskva viloyati osmonida urib tushirilgan.