Xosiyat BOBOMURODOVA, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira:
- Yaqinda nikoh oqshomida qaynona-kelinlar bilan bir stol atrofida o‘tirib qoldik. Ikki ayol ham bir hafta oldin o‘g‘lini uylantirgani, yaqin og‘aynisi – to‘y egasi kelin chorlov qilayotganini faxrlanib gapirishdi.
- Opa, bekor qipsiz, kelinning chilla degan mavsumi bor, ins-jins, yomon ko‘zlarga ko‘rinmay turgani ma’qul, - dedim sekingina.
Ikki ayol ham fikrimga qo‘shilmadi, o‘zlarining haq ekanligini «isbotlab» ketishdi. Men ortiq gapirmadim, kelinlikdagi, farzand ko‘rganimdagi chillalarimni esladim. Yo tavba, nahotki mentalitetimiz shu qadarlik o‘zgarib ketgan bo‘lsa?
Kelinlar esa… qaynonalari bilan o‘rtaga chiqib qancha suq ko‘zlar qarshisida raqs tushdilar, to‘y egasining sovg‘a-salomlarini oldilar.
Chilla – tibbiy jihatdan isbotlangan, o‘talishi shart bo‘lgan jarayon. Keksa ayollar, mahalladagi otinoyilar bu haqda ayrim qaynonalarga nasihat qilsalar bo‘lmasmikin?