Yangi yil bayrami munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi
Samarqand shahar hokimi farmoyishiga binoan Yangi yil bayramini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, “Prezident archasi” tadbirini tashkil etish yuzasidan shaharning bir necha ko‘chalarida 2023 yilning 5 yanvariga qadar transport vositalarining harakati cheklanadi.
Bular:
- Universitet xiyobonidagi Amir Temur haykali oldidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko‘chasi va Ko‘ksaroy maydonida;
- Alisher Navoiy va Kamol ota Turk ko‘chasi kesishmasida;
- Beruniy ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Temiryo‘l vokzali maydonigacha;
- Turkiston ko‘chasining TATU Samarqand filiali akademik litseyi binosi oldidan o‘tgan 200 metr qismida;
- Kimyogarlar shaharchasi Umid ko‘chasining Ziyokorlar ko‘chasi bilan kesishgan tutashmasidan Darg‘om ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Kimyogarlar shaharchasi Darg‘om ko‘chasining “Nurafshon” san’at saroyi oldidan o‘tgan qismida;
- Xishrav shaharchasi Zakovat ko‘chasining Almati ko‘chasi bilan kesishmasidan Mevali ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Xishrav shaharchasi Zakovat ko‘chasining 2-Madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan o‘tgan qismida;
- Farhod shaharchasidagi “Zarafshon” istirohat bog‘iga tutash ko‘chalarda;
- Qorasuv massividagi 99-116-uylar oldidan o‘tuvchi tutash ko‘chalarda.