Yaponiyada koronavirusning delta-shtammi o‘z-o‘zini "yo‘q qildi", Fransiyada esa "beshinchi to‘lqin" — kuniga 17 ming kishi kasallanmoqda

Yaponiyada delta koronavirusi uning notarkibiy oqsillaridan birida juda ko‘p mutatsiyalarni to‘plashi, bilan uni "tuzalish" qobiliyatidan mahrum qilishi va shu tariqa "o‘z-o‘zini yo‘q qilishi»ga olib kelgan bo‘lishi mumkin", deb hisoblaydi Milliy genetika instituti olimlari.

Mamlakatda koronavirusning delta varianti yuqori tezlikda tarqaldi va boshqa variantlarni siqib chiqardi. Ammo unda mutatsiyalar to‘planib borgani sayin u «yaroqsiz» bo‘lib, o‘z nusxasini yarata olmadi. Yangi kasallanish holatlari soni o‘smayapti.

"Agar virus «tirik va sog‘lom» bo‘lganida edi, "yangi holatlar soni albatta ko‘paygan bo‘lar edi, chunki niqob va to‘liq vaksinalash hamma vaqt ham infeksiyaning oldini olmaydi", dedi u.

Shu bilan birga, mutaxassis mamlakatda koronavirusning delta variantining “o‘zini-o‘zi yo‘q qilishi” SARS-CoV-2 ning boshqa turlarining kirib kelishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

21 noyabr holatiga ko‘ra, Yaponiyada pandemiya boshlanganidan beri virus 1,7 million kishida aniqlangan. Mamlakat aholisining 75,7 foizi to‘liq emlangan.

Fransiya hukumati esa kasallikning "shiddatli" beshinchi to‘lqini boshlanganini aytmoqda

Fransiyada koronavirus epidemiyasining beshinchi to‘lqini shiddat bilan boshlandi, dedi yakshanba kuni hukumat vakili Gabriel Attal.

"Hafta davomida yangi infeksiyalar soni deyarli 80 foizga oshdi, har kuni o‘rtacha 17 000 ta yangi holat qayd etilmoqda", dedi Attal Europe 1 radiostansiyasi efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda har 100 ming aholiga 164 ta kasallanish holati to‘g‘ri kelmoqda.

Shunga qaramasdan, Fransiyada koronavirus tarqalishi sababli lokdaun joriy etilmasligini ma’lum qilindi.

Mamlakat epidemiya boshlanganidan beri koronavirus bilan kasallanganlar soni 7,3 milliondan ortiqni tashkil etdi, 118 mingdan ortiq kishi vafot etdi.