Yelizaveta II koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilarni mukofotladi

Yaqinda Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi.

Marosim (pandemiya sababli kamtarona) Vindzorda bo‘lib o‘tdi. Oliy hazratlari sharafiga qirol qo‘shinlarining tantanali paradi, davlat madhiyasi va salyutlar namoyish etildi.

Shu kuni Yelizaveta II davlat mukofotlarini topshirdi. Bu yil koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilar xizmatlari e’tirof etildi. Jumladan, SatraZenec ingliz-shved kompaniyasi preparatini yaratishga bevosita bog‘liq bo‘lgan «Oksford» universitetining yetti nafar olimi ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi.

"Klinik sinovlarda qatnashganlar juda muhim rol o‘ynashdi. Aslida ular hozirgi kunda dunyo bo‘ylab yetkazib berilayotgan ushbu vaksinadan foydalanish imkoniyatini yaratishdi. Ular qahramon! Ular koronavirusga qarshi kurashda bitta katta armiyaning bir qismi", dedi Oxford Vaccine Group rahbari Endryu Pollard.

Sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohasidagi xizmatlari uchun 260 dan ortiq kishiga turli darajadagi Britaniya imperiyasining ordenlari topshirildi.