Yorug‘lik yili: Yerdan Oygacha yorug‘lik bir soniyadan sal ko‘proq vaqtda yetib boradi. Quyoshdan Yergacha-chi?

Yorug‘lik yili (bir yorug‘lik yili Yerdagi 100 yilga teng) bizning Somon yo‘li galaktikamiz va undan tashqari masofalarni o‘lchash uchun foydalaniladi, deydi astronom Adeksandr Perxnyak. Galaktikalararo va bizning galaktikamiz tashqarisida yulduzlar bir-biridan shu qadar olis masofada joylashganki, ularni kilometrda ifodalashning imkoni yo‘q.

Shu bois yorug‘lik yili degan tushuncha kiritilgan. Bu kosmik vakuum sharoitida Yulian taqvimining bir yili davomida yorug‘lik bosib o‘tadigan masofa. Agar uni kilometrga aylantirishga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, 9,5 trillion kilometrga teng bo‘ladi.

Misol uchun, yorug‘lik Yerdan Oygacha bir soniyadan sal ko‘proq vaqtda yetib boradi. Quyoshdan Yergacha 8 daqiqada yetib keladi. Bu degani Quyoshdan sayyoramizgacha masofa – 8 yorug‘lik daqiqa.

Bizga eng yaqin yulduz – Alfa Sentavr yulduzlar turkumiga tegishli Proksima Sentavrdir. U 7,5 yorug‘lik yili masofasida joylashgan. Qutb yulduzigacha esa masofa salkam 450 yorug‘lik yili. Unga qarab biz yulduz hali 1500 yillarda taratgan yorug‘ni ko‘ramiz. Uni bizni nigohimizgacha yetib kelishi uchun 500 yildan ko‘proq vaqt lozim bo‘lgan, deya davom etadi A.Perxnyak “AiF” (2021 y.16-son) gazetasida.

Galaktikamizning u uchidan bu uchigacha 100 ming yorug‘lik yiliga yaqin. Bizga yaqinroq Andromeda galaktikasi esa 2,5 million yorug‘lik yili masofada joylashgan. Ya’ni, biz uni 2,5 million yil avval qanday bo‘lsa, shunday ko‘ramiz. Unda hali odamlar hozirgi ko‘rinishga kelganlari yo‘q edi.

T.Shomurodov tayyorladi.