«Yoshlarga yo‘l»: Nensi Pelosi Vakillar palatasi Demokratik partiyasi yetakchisi lavozimidan voz kechdi

Nensi Pelosi 17 noyabr kuni AQSh Vakillar palatasida demokratlar yetakchisi lavozimini tark etishga va yoshlarga yo‘l berish uchun qayta saylanishga urinmaslikka qaror qildi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, u palataning oddiy a’zosi bo‘lib qolishini ma’lum qilgan. Pelosi hozir 82 yoshda.

U bu qarorni demokratlar Kongressga qo‘shimcha saylovlarda palatadagi ko‘pchilikni yo‘qotganidan va o‘zi spikerlik huquqidan mahrum bo‘lganidan so‘ng qabul qildi. Uning o‘rniga ushbu lavozimga respublikachilar tomonidan Kevin Makkarti nomzod bo‘ladi.

Pelosi 2003 yildan beri Demokratik partiya yetakchisi. U Vakillar palatasi spikeri lavozimini egallagan birinchi va hozircha yagona ayol. U 2007, 2019 yillardan hozirgacha spiker sifatida ishlagan.

Jo Bayden u suhbat chog‘ida tarixda Pelosi Vakillar palatasining eng nufuzli spikeri bo‘lganini aytib, uning xizmatlariga yuqori baho berdi.

Xayrlashuv nutqida u oktyabr oxirida uyida talonchilikdan jabr ko‘rgan va boshidan og‘ir jarohat olgan eri Pol Pelosiga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.