Yovvoyi odam
Xitoyning Hubey provensiyasi, olis tog‘li qalin o‘rmon rayoni - Shennunszyada dunyoning boshqa hech qayerida uchramaydigan ulkan panda va qadimgi mavjudot turlari saqlanib qolgan. Ulardan biri yovvoyi odamlardir.
1940 yilda Chikago unversiteti biologiya fakulteti bitiruvchisi Van Zelin ushbu hududda mashinada borayotib o‘q ovozini eshitadi. Qiziqib, mashinani to‘xtatadi va voqea joyiga borib otib o‘ldirilgan ayol jinsli yovvoyi odam murdasini ko‘radi. Uning bo‘yi 2 metrga yaqin, tanasi, basharasi qalin jun bilan qoplangan, kulrang sochi yelkasiga tushib turardi, gavdasi oddiy odamnikidan ikki marta katta edi.
1976 yil may oyida kunlardan birida shu rayondagi kommunadan 6 kishi mashinada borishardi. Chun Shuy qishlog‘i yaqinida tanasi qizg‘ish jun bilan qoplangan g‘alati bahaybat mavjudotni ko‘rib qolishdi. U yo‘l o‘rtasida atrofga alanglab turardi. Haydovchi mashinani to‘xtatdi. Yo‘lovchilar mashinadan tushib, notanish mavjudot sari borishdi. Biroq u uchrashishni xoxlamadi, shekilli, qalin butazorga kirib, g‘oyib bo‘ldi. Yo‘lovchilar hodisa haqida Pekinga telegramma jo‘natishdi. Fanlar akademiyasidagilar xabar beruvchilar yovvoyi odamni ko‘rishganiga shubha qilmadilar. 1920 yillarda bu hududda 300 nafar yovvoyi odam ro‘yxatga olingan edi.
Xitoy olimlari ekspedetsiyasi chog‘ida aniqlangan qo‘lga tushmas ushbu mavjudotlarga nisbatan 2 nazariyani ilgari surmoqda. Birinchi nazariya tarafdorlari fikriga ko‘ra, mavjudot inson shaklidagi tur bo‘lib, irsiy birikmasi oqibatidan paydo bo‘lgan. Ikkinchi nazariya xulosasiga ko‘ra, ular odamzotning uzoq ajdodlari bo‘lgan ulkan maymunlarning million yillar avval yer yuzida yashagan turidir. Bu maymunlar allaqachon qirilib ketgan, deb hisoblansa-da, ulkan pandalar bilan yonma-yon yashagan ushbu hududda hozirgacha saqlanib qolgan. Biroq ularni qo‘lga tushirish va o‘rganishga muvaffaq bo‘lingani yo‘q.
T.Shomurodov tayyorladi.