YuNICYeF: Afg‘onistonda o‘tgan haftadagi teraktlarda kamida 50 nafar bola halok bo‘lgan


"Afg‘onistonda bir hafta ichida 50 dan ortiq o‘g‘il-qiz inson huquqlarining chidab bo‘lmas darajada buzilishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Hisobotlar tasdiqlangani sayin, bu raqamlar yanada oshishidan xavotirdamiz", dedi YuNICYeF mintaqaviy direktori Jorj Larea-Ajei.

"Qudduzdagi «Mavlaviy Sekandar» masjididagi juma kuni sodir bo‘lgan portlash kamida to‘rt bolaning hayotiga zomin bo‘ldi. Ko‘pchilik og‘ir jarohat oldi", deb yozdi Larea-Ajei Twitterda.

YuNICYeF barcha jabrdiyda oilalarga hamdardlik bildirishini ma’lum qilgan. Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 21 aprel kuni Afg‘onistonning uchta shahrida terakt sodir etilgan.