Yurtimizda havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, ertadan boshlab janubdan Turkmaniston orqali juda issiq havo oqimlari chiqishi boshlanadi.

O‘zbekiston hududida kundan-kunga issiq kuchayib, payshanba kuni +38...+39 daraja atrofida, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida +40...+42 darajagacha bo‘ladi. Bu ushbu davr uchun me’yordan +5...+6 daraja yuqoridir.

Juma kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan kuchsiz havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu kuni havo harorati +32...+37 daraja bo‘ladi.

7-9 iyun kunlari shimoliy va cho‘l hududlarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, 10 iyunda respublikaning ba’zi joylarida chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.