Zelenskiy Poroshenkoning yo‘lidan boradi. U qanday yo‘l?

Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning tashqi siyosatida Poroshenkoning yo‘lidan boradi va Ukrainani imkoni boricha tezroq Yevropa Ittifoqi va NATO ga a’zo bo‘lish choralarini ko‘radi. Bu haqda 5 may kuni Zelenskiyning jamoasi shtabi boshlig‘i Svyatoslav Yurash ommaviy axborot vositalariga ma’lum qilgan.

«Ukrainaning imkon qadar Yevropa Ittifoqi va NATO ga qo‘shilishi haqida birinchi marta gapirayotganimiz yo‘q va bu gaplar qo‘qqisdan paydo bo‘lib qolmayapti. Biz o‘z saylovoldi targ‘ibotlarimizda ham buni xalqqa bildirganmiz va o‘sha gapimizda sobitmiz: Ukraina imkon qadar tezroq NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi kerak. Ana shunda ko‘zlagan maqsadimizga erishamiz», — degan Yurash News One telekanaliga bergan intervyusida.