Samarqandda birovning o‘rniga test topshirishga uringan “abituriyent” qo‘lga tushdi
- 01.08.2019 12:02
- 1170
- Ta’lim

Bugun Samarqand shahrida kunning birinchi yarmida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test topshirishi kerak bo‘lgan 3060 nafar abituriyentning 59 nafari imtihonlarda qatnashmadi.
Shuningdek, 1 nafar abituriyent shpargalkadan foydalanishga uringani uchun test jarayonidan chetlatildi va birovning o‘rniga testga kirishga harakat qilgan 1 nafar “abituriyent” voqea joyida qo‘lga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun test topshirgan abituriyentlar o‘z ballarini ertagayoq cabinet.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlariga kirib bilishlari mumkin. Buning uchun pasport seriyasi yoki ID kodni kiritish kerak bo‘ladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 2 soat avval
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 14:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 18:38
- Ta’lim