Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

42 yoshli erkak avval xotinini, keyin o‘zini pichoqladi

Shu yilning 13 yanvar kuni, tongga yaqin Toshkent viloyati Chinoz tumanining Tinchlik mahallasida istiqomat qiluvchi 42 yoshli Yu.A. (muqaddam sudlangan) xotini L. (41 yosh) bilan «aytishib» qoladi.

O‘zaro janjal oqibatida er xotinining chap orqa ko‘krak sohasi va beliga oshxona pichog‘ini sanchib yuboradi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, yetkazilgan jarohat oqibatida ayol vafot etadi.

Qilgan ishining oqibatidan qurquvga tushgan Yu.A. o‘z joniga qasd qilishga urinadi. O‘sha pichoq bilan chap qo‘l bilagini kesadi, shuningdek, o‘z qorniga to‘rt marta pichoq sanchadi. Biroq niyati amalga oshmaydi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-modda 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda Yu.A. tegishli tartibda ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.