Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avtoqatnov cheklovlari natijasida Samarqandda havo tozalanmoqda

Samarqand viloyatida jami 380 mingga yaqin avtotransport vositasi bo‘lib, shundan 354 mingdan ortig‘i yoki 93,4 foizi xususiy sektor, 24951 dan ortig‘i yoki 6,6 foizi davlat sektoridagi transport vositalaridir.

Ushbu avtotransport vositalarining harakatlanishi natijasida atmosferaga yiliga 103 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi.

Koronavirus pandemiyasi sababli karantin e’lon qilingandan boshlab, joriy yilning 16 apreliga qadar avtotransport vositalarining qatnoviga qo‘yilgan cheklov natijasida viloyatda harakatdagi manbalardan 8250 tonna ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosiga tashlanishi kamaygan.

Samarqand shahridagi mavjud gidrometeopostlardan olingan havo namunalarida o‘tkazilgan kimyoviy tahlillar ham buni tasdiqladi.