Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Konimexda 2 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi

Bugun, 22 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tumani sudida 2 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan ko‘rib chiqildi.

Sud tomonidan 2 nafar mahkum muqaddam jinoyat sodir etib, jazoni o‘tash mobaynida sodir etgan jinoyatlari mohiyatini tushunib yetganligi, tuzalish yo‘liga kirib, ijtimoiy mehnatga nisbatan bo‘lgan munosabati ijobiy tomonga o‘zgarganligi o‘rganildi. Ularning intizomiy jazoga tortilmaganligi, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarni bajarib, ijobiy tavsifnomaga ega va mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi inobatga olinib, shuningdek, umuminsoniy prinsiplarga asoslanib, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Misol uchun, mahkum G‘.Bekmuratov 2018 yil 28 avgustda jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tumani sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 223-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan, ya’ni chegara nazorati maskanlari orqali o‘tmasdan, aylanma yo‘llar orqali noqonuniy ravishda Qozog‘iston Respublikasi hududidiga kirib chiqqanligi sababli aybli, deb topilgan. Unga nisbatan JKning 57-moddasi qo‘llanilib, oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

F.QAHHOROV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tumani sudi raisi.