Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Marg‘ilondagi savdo majmuasida qotillik sodir etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Marg‘ilon shahrida qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etilgani haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 15 oktyabr kuni soat 10:00 larda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri markazida joylashgan "Oygul" savdo majmuasida fuqaro S.T. (1999 yilda tug‘ilgan, ishchi) tanishi X.M. (1995 yilda tug‘ilgan, tadbirkor) va uning 3 nafar qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan X.M.ning ko‘krak sohasiga bira marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.T. protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.