Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston yanvarda — 22 000 dona avtomobil ishlab chiqardi

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar oyida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma’lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 17 466 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda — 22 000 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar oyida 5 962 dona Nexia T-250 (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,0 foiz), 5 078 dona Cobalt (47,4 foiz), 4 340 dona Lacetti-Gentra (55,0 foiz), 3 989 dona Damas (35,2 foiz), 2 320 dona Spark (48,7 foiz) hamda 311 dona Labo (7,8 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda — 367 dona, 2020 yilda — 272.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 16,4 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda — 19,8.

2020 yil yanvar oyida traktor ishlab chiqarish hajmi 25 donani tashkil etdi (2019 yilda — 9).