Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda uzilgan gaz quvuri tarmoqqa ulandi

Joriy yilning 7 aprel kuni saytimiz va telegram kanalimizda “Salla, desa, kallani olasizmi, o‘rtoq Xudoyqulov? Past Darg‘om tumani gaz ta’minoti idorasi rahbari diqqatiga!” sarlavhali maqola e’lon qilgan edik.

Maqolada 4 aprel kuni tuman gaz idorasi xodimlari ariqdan o‘tuvchi quvurni kesib ketib, 40 ta xonadon tabiiy gazdan uzilgani va oradan 3 kun o‘tsa-da, quvurlar ta’minotga ulanmagani tanqid qilingandi.

“Past Darg‘om tumani, Juma shahridagi Ipak yo‘li ko‘chasida bugungi kunda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu bois ma’lum muddatga gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgandi. Bugun ushbu ishlar yakuniga yetkazilib, quvur tarmoqqa ulandi”, deyiladi Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmatining bizga yo‘llagan munosabatida.