Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Prolog - 2018” da g‘olib filmlar Samarqandda namoyish etildi

2019 yil 7-10 yanvar kunlari ”Sharq yulduzi” kinoteatrida “Respublika kinoprokat markazi” Samarqand viloyat filiali hamda respublika yosh kino ijodkorlari kengashi xodimlari tomonidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda ishtirok etgan mahalla faollari, harbiy qism zobitlari va askarlar Samarqand shahridagi 10-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Samarqand, Toyloq, Ishtixon tumanlaridan kelgan o‘quvchi-yoshlar uchun Prezidentimizning Oliy Majlis Parlamentiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, kino sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida so‘z yuritdi.

Tadbir so‘nggida tomoshabinlarga “Prolog – 2018” xalqaro kinofestivalida munosib o‘rin egallagan rejissyor Shokir Xoliqovning “Choy”, rejissyor Fotih Nasimovning “Musavvir”, Mahliyo Asqaraliyevaning “Qush” kabi qisqa metrajli filmlari hamda vatanparvarlik mavzusida suratga olingan “Hayot”, “Islomxo‘ja” va “Berlin-Oqqo‘rg‘on” badiiy filmlari namoyish  etildi.

F.ROZIQOV,

“Respublika kinoprokat markazi” DUK

Samarqand viloyat filiali rahbari.