Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yildi (foto)

Bugun erta tongda viloyat va shahar hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga yig‘ildi.

Bu yerda ular O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirilib, qur’on tilovat qilindi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov maqbara atrofidagi amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Qabrlarni tartibga keltirish, manzarali daraxt va gul ko‘chatlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi.

Shundan so‘ng viloyat keng jamoatchilik vakillari tomonidan Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gullar qo‘yildi. 

Tulqin Siddiqov,

Baxtiyor Mustanov (foto).