Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik urush qatnashchilari sharaflandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan video onlayn bayram tadbirida Samarqand viloyati vakillari ham ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari tadbir qatnashchilari va butun xalqimizni bugungi sana bilan tabrikladi.

Marosimda ishtirok etgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, 10 million so‘mlik pul mukofoti hamda “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik medali, qimmatbaho sovg‘alarini tantanali topshirdi.