Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi tugatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotlari va ularning hududiy bo‘linmalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi tugatilib, uning shtat birliklari Agentlikka o‘tkaziladi.

Qayta tashkil etilayotgan Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining laboratoriya xizmati negizida, moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolingan holda, Agentlik huzuridagi Laboratoriya kompleksi tashkil etiladi.