Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Suvning qadrini “Suvoqava” bilmas ekan

Bunday deyishimizning boisi bor, albatta. Kecha saytimizda “Suvning qadrini “Suvoqava” biladimi? sarlavhasi ostida tahririyatimiz binosi (U.Tursunov ko‘chasi) yaqinidagi ichimlik suvi quvuridagi nosozlik tufayli bir haftadan buyon suv oqib yotgani haqida yozgan edik.

Hartugul kecha, shahar “Suvoqava” korxonasi mutaxassislari kelib, vaziyatni o‘rgandi. Tarmoqdagi bir necha joy tekshirib ko‘rildi. Ammo suv qayerdan kelayotganini aniqlashning imkoni bo‘lmadi. Ish bugun davom ettirilishi, suv to‘xtalishi kerak edi. Ming afsus, bugun brigadadan darak bo‘lmadi. Murojaatlarimiz javobsiz qoldi.

“Suvoqava”ga qaysi tashkilot orqali murojaat qilish kerak? Behuda oqib yotgan suvni kim to‘xtatadi?...