Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tibbiy niqoblar infeksiya manbai. Ularni ko‘chalarga tashlamang!

Shu kunlarda piyodalar yo‘laklari, gazon qoplamalari, bolalar o‘yin maydonchalarida foydalanib tashlab ketilgan tibbiy niqoblar ko‘zga tashlanmoqda.

Avval koronavirusni yuqtirishdan himoya qilgan niqob shu tariqa o‘zi infeksiya manbaiga aylanmoqda.

Vujudga kelgan vaziyatga Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisining izohi quyidagicha:

Hozirda shahrimiz ko‘chalarida kuzatilayotgan tashlab yuborilgan tibbiy niqoblar yoki qo‘lqoplar, nafaqat ekologiyani ifloslaydi, balki infeksiya manbaidir. Shuning uchun ularni yopiq baklar, konteynerlar va chiqindi yig‘ish joylariga tashlash lozim. Shu kunlarda biz atrof-muhitga alohida e’tibor berishimiz va kasallik yuqtirishning eng kichik xavfiga ham yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.

Atrof-muhitni asrash va sizu bizning salomatligimizni avaylash uchun niqoblarni belgilanmagan joylarda tashlamang!