Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

To‘yxona noqonuniy maska tikish sexiga aylantirilgani aniqlandi

Chirchiq shahrida joylashgan "Aziya" to‘yxonasida 1989 yil 11 iyulda tug‘ilgan, Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida ro‘yxatda turuvchi fuqaro M.E. hech qanday hujjatlarsiz tibbiy niqob ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.  Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

U faoliyatini 2 aprelda boshlab, noqonuniy ravishda 183 nafar ishchi yollab, ular bilan og‘zaki ravishda, har bir niqob uchun 60 so‘mdan ish haqi berishga kelishgan.

Chirchiq shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan bino ko‘zdan kechirilganda 131 973 dona tayyor tibbiy niqob, 170 000 dona yarim tayyor mahsulot va 21 dona kleylash uskunasi jami 301 994 dona umumiy narxi 156696,1 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklar borligi aniqlandi.

Nazorat tadbiri natijasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik ashyolari masala qonuniy hal bo‘lgunga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi.