11 yanvar kuni Samarqandda elektr ta’minoti bilan bog‘liq 322 ta murojaat ro‘yxatga olingan

Viloyat hokimligida tashkil qilingan shtabdan olingan ma’lumotga ko‘ra, tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha 63 ta, suyultirilgan gaz ta’minoti masalasida 18 ta murojaat bo‘lgan.

Fuqarolar energoresurslar bilan bog‘liq masalalarda (66) 233-26-15, 233-52-19, 233-53-19, 233-51-49 telefon raqamlariga kunni istalgan vaqtida murojaat qilishlari mumkin.

Hisobotga ko‘ra, kecha qayd etilgan murojaatlarning 20 tasi ko‘rib chiqilmoqda. Qolganlari qisqa muddatlarda ijobiy hal etilgan.

Murojaatlarning hech biri rad etilmagani yoki tushuntirish berish bilan yopilmagani shtab faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilganini ko‘rsatyapti. Faqat uning ijrosi murojaatchilar muammosini hal etayotgan, ayni sovuq kunlarda elektr bilan ta’minlashni sifatli amalga oshirayotgani bo‘lsa yaxshi.