18 noyabr kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘ladi

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov 11 noyabr kuni «Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq o‘n yettinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida» qaror qabul qildi.

Unda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi 2020 yil 18 noyabr kuni soat 9:00 da chaqirilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

- Past Darg‘om tumani hokimi Sh.Xudoyberdiyevning Past Darg‘om tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2020 yilga mo‘ljallangan dasturi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;

- «Zarafshon» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i F.Rajabovning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya ob’yektlarini ta’mirlash va tiklash loyihalari taqdimoti hamda viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish holati va bu boradagi vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti;

- viloyatda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli to‘g‘risida;

- «Faxriy murabbiy» ordeniga nomzodlarni tanlab olish, ularning faoliyatini o‘rganish va baholash bo‘yicha Samarqand viloyati tanlov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

- investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar belgilangan holda ajratib berilgan yer uchastkalari bo‘yicha investitsiya loyihalarining yakuniy ishga tushish muddatlarini belgilash, shuningdek, investitsiya majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmagan loyihalar tahlili;

- boshqa masalalar.