2019 yil 1 yanvardan boshlab

* Barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi.

* Oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari ish haqi miqdori 20 foizga oshiriladi.

* Jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining yagona stavkasi joriy etiladi va ularning daromadlariga 12 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.

* Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

yuridik shaxslar – 12 foiz;

tijorat banklari – 20 foiz;

sement (klinker) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;

polietilen granulalar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;

mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar – 20 foiz;

dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlarga 5 foizli stavka bo‘yicha soliq solinadi.

* Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallari bekor qilinadi.

* Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytiriladi.

* Xorijga chiqish uchun talab etiladigan stiker bekor qilinadi va biometrik pasport amaliyotga kiritiladi.

* Yalpi tushumdan olinadigan soliqlar bekor qilinadi.

* Soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 5 foizdan 2 foizgacha pasaytiriladi.

* Barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron dastur joriy etiladi.

* Xodimlarning ish joyi va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lov qilgan davri bo‘yicha ro‘yxatga olishning “elektron mehnat daftari“ tizimi joriy etiladi.

* Ryespublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallarining muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek, ularning Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘ztransgaz“ aksiyadorlik kompaniyasining shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmlari joriy etiladi.

* Myehnat stajlarini hisobga olishni qog‘oz ko‘rinishida yuritish amaliyotidan voz kechiladi, elektron tizim joriy etiladi.

* Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilishi “Obod qishloq“ dasturi bilan o‘zaro uyg‘unlikda amalga oshiriladi. Shu paytga qadar imtiyozli ipoteka krediti uch yildan iborat imtiyozli davr bilan ajratilgan bo‘lsa, 2019 yil 1 yanvardan boshlab uning imtiyozli davri ikki yildan iborat bo‘ladi.

* Bojxona qiymati 10 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlarning tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirganlik uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida bojxona yig‘imi undiriladi.

* Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tomonidan gerbli guvohnomalar fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan alifboda to‘ldiriladi.

* Notariuslar tomonidan bitimlar tasdiqlash “bir darcha“ tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi. Axborotlarni almashish uchun ma’lumot bazalari va axborot tizimlari joriy etiladi. Ularning barchasi “Notarius“ avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

* Ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo‘yish tartibini o‘rnatish orqali ko‘chmas mulkni ijaraga berish va tekin foydalanish shartnomalarini majburiy ravishda notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi.

* Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat “Davlat belgisi“ davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadigan, himoya darajasiga, seriyaga, tartib raqamiga va hududiy kodga ega bo‘lgan qat’iy hisobot beriladigan gerbli (maxsus) blankalarda amalga oshiriladi.

* Vasiyatnomalarni imzolash jarayoni, shuningdek, “Notariat to‘g‘risida“gi qonunning 34-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video yozuvda qayd etiladi.

* Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat etganlarning shaxsini aniqlash barmoq izlarini skaner qilish va ularning pasportidagi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.