2021 yil Samarqand hayotida: Turkiya va Qozog‘iston konsulliklari ochildi
- 01.01.2022 21:57
- 74
- Samarqand
Samarqand shahrida keyingi yillarda xalqaro anjumanlar, siyosiy muloqotlar o‘tkazilmoqda. O‘z navbatida, Samarqandning xorijiy davlatlar mintaqalari bilan hamkorligi mustahkamlanmoqda.
2021 yil 7 mart kuni Samarqandda Turkiya Respublikasining bosh konsulxonasi ochilishi ham ana shu sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Konsulxonaning ochilish marosimida Turkiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari Mavlud Chovusho‘g‘li va Abdulaziz Komilov, O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
29 aprel kuni esa shaharda Qozog‘iston Respublikasining bosh konsulxonasi ochildi. Konsulxona Samarqand bilan birga mazkur mintaqaga yaqin viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi aholiga, qozoq diasporasi vakillariga, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa