4 yoshli bola yong‘indan qutqarib olindi
- 07.11.2019 14:48
- 148
- Hodisa
Bugun, 7 noyabr kuni Navoiy shahar FVB YoXB navbatchilik qismiga Mahmud Tarobiy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning oshxonasida yong‘in yuz bergani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabar olingach, boshqarma qutqaruvchilari 1 ta qutqaruv va 2 ta yong‘in o‘chirish texnikalari bilan voqea joyiga yetib borishdi.
Yong‘in o‘chirish avtonarvoni 4-qavatga o‘rnatilib, maxsus gidravlik qaychi yordamida xonadonning temir panjaralari kesib olindi va alanga ichida qolgan 4 yoshli bolakay qutqaruvchilar - X.Haqberdiyev, G‘.Rajabov B.Elmurodov, F.Xalimovlar tomonidan qutqarib olindi.
Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in to‘liq o‘chirilgan. 2015 yilda tug‘ilgan Mirziyo Farrux o‘g‘li sog‘-salomat ota-onasiga topshirildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 33 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!