7 ming AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
- 29.05.2019 08:59
- 191
- Jinoyat va jazo

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Texnologiya va servis xizmati” kafedrasi o‘qituvchisi R.A. va Zangiota tumanidagi 39-sonli maktab o‘qituvchisi M.R. fuqaro A.U.dan jiyani J.T.ni ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 7.000 AQSh dollarini talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.A. va M.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rindiqda qoldirilgan tillalar
- 04/07, 18:15
- Mutolaa
Chaqmoqning tuhfasi
- 04/07, 18:14
- O'qing, qiziq!