8 oyda respublika bo‘yicha 11 566 marta, Samarqandda 1544 marta chiqindilarni noto‘g‘ri joyga tashlash qoidabuzarligi qayd etilgan
Eng ko‘p qoidabuzarlik Samarqand viloyati (1544), Toshkent shahri (1271) va Farg‘ona viloyatida (1212) aniqlangan bo‘lsa, eng kam qoidabuzarlik Xorazm viloyatida (332) qayd etilgan.
Boshqa hududlarda qoidabuzarliklar soni:
Sirdaryo viloyati — 718 ta;
Jizzax viloyati — 834 ta;
Buxoro viloyati — 507 ta;
Navoiy viloyati — 590 ta;
Andijon viloyati — 725 ta;
Namangan viloyati — 804 ta;
Surxondaryo viloyati — 983 ta;
Qashqadaryo viloyati — 444 ta;
Qoraqalpog‘iston — 546 ta.
Holatlar bo‘yicha jami 4,9 mlrd so‘m jarima belgilangan bo‘lsa, undan 2,5 mlrd so‘mi undirilgan. Qoidabuzarliklarning 602 tasi Toshkent shahri, Toshkent va Andijon viloyatlarida o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali qayd etilgan deya xabar bermoqda gazeta.uz.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, viloyatda bugungi kunda hosil bo‘layotgan qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha 13 ta poligondan foydalanilmoqda. Qurilish chiqindilarini joylashtirish uchun maxsus poligonlar yo‘q.