Afroamerikalik Jorj Floyd o‘limida ayblanayotgan politsiyachi ustidan sud ishi boshlandi

Afroamerikalik Jorj Floyd o‘limida ayblanayotgan politsiyachi, Minneapolislik Derek Chaven ustidan sud ishi 8 iyun kuni boshlandi.

Cheven ikkinchi darajali qotillikni amalga oshirganlikda ayblanmoqda. Ya’ni, oldindan rejalashtirilmagan qasddan qotillik. Bu holatda qotillik sababi, jismoniy tan jarohati yetkazishda va inson hayotiga butunlay befarqlik qilganlikda namoyon bo‘ladi.

Chevenga e’lon qilingan ayblov dastlab bir muncha yengil edi. Biroq keyinchalik ayblov og‘irlashtirildi. Shu bilan birga, Minnesota shtati Bosh prokurori, ayblov eng og‘ir, birinchi darajali qotillikkacha tushirilishi mumkin ekanligini ham aytib o‘tdi.

Sobiq politsiyachiga e’lon qilingan hozirgi ayblov uni 40 yilgacha ozodlikdan mahrum etishi mumkin.

Floydni hibsga olishda ko‘maklashgan yana uch nafar politsiyachiga nisbatan qotillik sodir etilishiga ko‘maklashish ayblovi e’lon qilingan. Ularning har biriga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi xavf solmoqda.

Jorj Floyd tomonidan aytilgan “Nafas ololmayapman” iborasi butun AQShni, keyinchalik boshqa davlatlarni ham qurshab olgan millatchilikka qarshi namoyishlarning asosiy shioriga aylandi.