Samarqandda Amerikaga yuborishni va’da bergan shaxs 36 mingga yaqin AQSh dollarini o‘zlashtirib yubordi
- 19.08.2019 14:10
- 150
- Jinoyat va jazo
Kecha, 18 avgust kuni Samarqand shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil sentyabr-noyabr oylarida Past Darg‘om tumanida yashovchi 33 yoshli Sh.T. Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida fuqaro 35 yoshli G.S. ismli ayolni AQShga ishga yuborishlikni aytib, undan 35 800 AQSh dollarini olgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Sh.T. shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.T.qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
firibgarlik