AQSh koronavirusga qarshi dastlabki vaksinani insonda sinovdan o‘tkazishni boshladi
- 17.03.2020 11:21
- 606
- Xorij
AQShda tojsimon virusga qarshi dastlabki vaksinani insonda sinovdan o‘tkazishni boshlandi. AQShning Sietl shahridagi Kaiser Permanente Washington Health Research tadqiqotlar markazida 16 mart kuni SARS-Cov-2 tojsimon virusiga qarshi vaksinani insonda sinovdan o‘tkazishga kirishdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Tajribada jami 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 45 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi. Ularga nisbatan Massachusets shtatining “Moderna” biotexnologiya kompaniyasi, shuningdek, AQShning sog‘liqni saqlash Milliy instituti (NIH) bazasida ishlab chiqilgan vaksinadan turli hajmda emlash amalga oshiriladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qarnabota g‘orida qanday sinoat yashiringan?
- Kecha, 18:10
- Sayohat