AQSh Rossiyaga qarshi turish uchun 290 million dollar ajratadi

AQSh Rossiyaga qarshi kurashish uchun 2021 yil byudjetida yuz million dollar ajratadi. Bu prezident Donald Tramp tomonidan ma’qullangan hukumat ishini moliyalashtirish to‘g‘risidagi hujjatdan kelib chiqadigan xulosa.

"Byudjetda birinchi navbatda AQShning Xitoy va Rossiyaga qarshi harbiy ustunligini, shu jumladan, yuqori sifatli o‘q-dori, uchuvchisiz tizim, gipertovushli raketalar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan dasturni moliyalashtirishga e’tibor qaratilmoqda", deyiladi hujjatda. Pekinga qarshi kurashish uchun jami 300 million dollar ajratiladi.

TASS hisob-kitoblariga ko‘ra, Davlat departamenti "Rossiya ta’siri va uning demokratik institutlarga ishonchsizlik keltirib chiqarishga yo‘naltirilgan urinishlariga qarshi turish uchun" jami 290 million dollar sarflaydi. Shulardan "Rossiya tashviqoti va dezinformatsiyasi"ga qarshi kurashish uchun 24 million dollar ajratiladi.

2021 yilgi byudjetda Tramp shuningdek, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish uchun 900 milliard dollarlik rag‘batlantiruv paketini tasdiqladi va shu bilan demokrat va respublikachilar bahsiga yakun yasadi. Xususan, Kongress bir kishiga 600 dollar to‘lash bo‘yicha muzokaralar olib borgan bo‘lsa, Tramp 2000 dollar ajratilishini talab qildi.