AQSh tomoni Eronning yadro quroliga ega bo‘lishi oldini olish choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi

Vashington Eron yadro quroliga ega bo‘lishining oldini olishning barcha imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, dedi AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Al-Arabiya telekanaliga.

Yakshanba kuni Blinken Qohiraga yetib keldi va u yerda Misr prezidenti Abdel Fattoh as-Sisiy bilan uchrashdi. Shuningdek, AQSh Davlat departamenti rahbari Quddusga tashrif buyurib, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar olib borishi va Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan Ramallohda uchrashuvi shu masalaga bag‘ishlangan.

“Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha variantlar stol ustida” degan Blinken va AQSh uchun haligacha Eronning yadroviy dasturi bilan shug‘ullanishning eng samarali yo‘li - diplomatiya ekanini ta’kidlagan.

2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Fransiya va Eron yadroviy bitim – Eronning yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutuvchi Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi (QKQHR)ni imzoladi. 2018 yil may oyida Donald Tramp boshchiligidagi Qo‘shma Shtatlar QKQHRdan chiqdi va Tehronga qarshi sanksiyalarni tikladi. Bunga javoban Eron kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, yadroviy tadqiqotlar, sentrifugalar va uranni boyitish darajasiga qo‘yilgan cheklovlardan voz kechishini e’lon qildi.

Venada QKQHR yangilash va Vashingtonning Tehronga qarshi sanksiyalarini bekor qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tdi. 2021 yil dekabr oyida tomonlar Yevropa Eron pozitsiyalarini o‘z ichiga olgan ikkita kelishuv loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Eron davlat matbuot kotibi Bageri Kyani muzokaralar yaxshi ketayotganini aytdi, biroq AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Venadagi taraqqiyotni kamtarona deb baholab, Tehronni masalaga jiddiy yondashishga chaqirdi.

Tomonlar hozirga qadar bu borada aniq yakuniy qarorga kelmagan. Garchi AQSh vakili masalaga diplomatik yo‘l bilan yechim topish kerakligini aytgan bo‘lsa-da, so‘nggi kunlarda Eron hududiga berilgan raketa zarbalari tomonlarning diplomatik yo‘l borasidagi pozitsiyasi unchalik ham qat’iy emasligini ko‘rsatmoqda.